O‘zbek
Ma’nosi: O‘ziga bek, o‘ziga xon, mustaqil, o‘z taqdirining egasi, hech kimga qaram bo‘lmagan.
Kelib chiqishi: Turkiy ismlar
Etimologiyasi
O‘zbek ismining kelib chiqishi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Ismning kelib chiqishi ko‘plab tarixchilar o‘rtasida tortishiladigan mavzu hisoblanadi. Birinchi taxmin bo‘yicha o‘zbek ismi turkiylarning afsonaviy ajdodi Oʻgʻuz Beg/Xon/Xoqonning nomidan kelib chiqqan bo‘lib, keyinchalik Oʻzbek ismiga aylangan. Keyingi taxmin bo‘yicha bu ism Oltin O‘rda xoni O‘zbekxon (1282-1341) ismidan kelib chiqqaniga asoslanadi. Ammo bu taxmin juda ko‘p tarixchilar tomonidan qatʼiyan rad etilgan. Buning asosiy sababi O‘zbekxondan oldin ham ushbu O‘zbek ismini olgan insonlar yashab o‘tganligidadir. Xususan Eldegiziylar sulolasidan bo‘lgan O‘zbek Muzaffar (1210–1225) Oltin O‘rda xoni O‘zbekxondan ancha yil oldin yashab o‘tgan. Umuman olganda ushbu ism “o‘z + bek” so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, “o‘ziga bek” ya’ni mustaqil, o‘z taqdirining egasi degan ma’noni bildiradi. Markaziy Osiyoda yashaydigan O‘zbek millatining nomi.
Tarqalgan hududlari
O‘zbek ismi asosan Turkiya Respublikasi hududida uchraydi. O‘zbekistonning tub aholisi O‘zbek millatiga mansub bo‘lsa ham, bu ism deyarli bu hududlarda uchramaydi. Shaxsan ushbu maqolaning muallifi va O‘zbekistonda yashovchi biri sifatida men hech qachon O‘zbek ismli biror kimsani uchratmaganman.
Ismning ahamiyati
Bu ism o‘zida mustaqillik, jasorat, erk, milliy g‘urur va o‘zligini anglash kabi tushunchalarni mujassam etgan. Kimki o‘z farzandiga O‘zbek ismini qo‘yadigan bo‘lsa, o‘z xalqining an’analari va tarixiga sodiqligi bilan ajralib turadi, shubhasiz.
Statistikasi
O‘zbekiston va unga yaqin hududlarda bu ism nisbatan kam uchraydi, ammo u tarixiy va ramziy ahamiyatga ega bo‘lib, mustaqillik va milliy o‘zlik timsoli sifatida muhim o‘rin tutadi. Internetdagi ba’zi norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Turkiyada ushbu ismni olgan 1000 ga yaqin inson mavjud va ularning hech biri hozirgi O‘zbek millati bilan hech qanday aloqadorlik jihatlari mavjud emas.
Shakllari
O‘zbekxon, O‘zbeg
Ko‘p so‘raladigan savollar
- O‘zbek ismi qanday ma’noni anglatadi?
- O‘zbek ismi qaysi tildan kelib chiqqan?
- O‘zbek ismi Qur’onda tilga olinganmi?
- O‘zbek ismini qo‘yish joizmi?
- O‘zbek ismi bilan boshlangan boshqa ismlar
- O‘zbek ismini tushda ko‘rish nimani anglatadi?
- O‘zbek ismidagi mashhur insonlar kimlar?
- O‘zbek ismini tanlashning afzalliklari nimada?
- O‘zbek ismining original tilidagi yozilishi qanday?
- O‘zbek ismli insonlar qanday fazilatlarga ega bo‘ladi?
- O‘zbek ismining diniy yoki tarixiy ahamiyati nimada?