Blog

O‘zbekistonda 2023-yilda eng ko‘p qo‘yilgan qiz va o‘g‘il bolalar ismlar

5 daqiqada o‘qish

05 August 2025

2023-yilda O‘zbekiston FHDYO organlarining qayd etishicha 968 ming 140 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Ularning 501 577 nafari o‘g‘il, 466 563 nafari esa qiz bolalardir.

Adliya vazirligining rasmiy telegram kanali xabarlariga ko‘ra Muhammadali va Soliha ismlari 2023 yilda ham eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ro‘yxatida birinchi bo‘lgan. Yil davomida 27 431 nafar chaqaloqqa Muhammadali deb, 24 365 nafar qizaloqqa Soliha deb ism berilgan.

2023-yilda o‘g‘il bolalarga qo‘yilgan ismlarning top o‘ntaligi

IsmQo‘yilgan soni
1Muhammadali27 431
2Mustafo22 880
3Abdulloh18 116
4Muhammad17 025
5Muhammadyusuf13 774
6Muhammadamin12 450
7Nurmuhammad9 017
8Muhammadjon8 843
9Imronbek8 591
10Muhammadziyo8 135

2023-yilda qiz bolalarga qo‘yilgan ismlarning top o‘ntaligi

IsmQo‘yilgan soni
1Soliha24 365
2Yasmina19 911
3Muslima15 918
4Hadicha10 759
5Imona10 310
6Shukrona9 330
7Sumayya9 279
8Ifora7 586
9Sa’diya6 639
10Mubina6 585
* Bosh sahifaga o‘tish va barcha ismlarni ko‘rish