O‘zbekistonda 2023-yilda eng ko‘p qo‘yilgan qiz va o‘g‘il bolalar ismlar
5 daqiqada o‘qish
05 августа 2025
2023-yilda O‘zbekiston FHDYO organlarining qayd etishicha 968 ming 140 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Ularning 501 577 nafari o‘g‘il, 466 563 nafari esa qiz bolalardir.
Adliya vazirligining rasmiy telegram kanali xabarlariga ko‘ra Muhammadali va Soliha ismlari 2023 yilda ham eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ro‘yxatida birinchi bo‘lgan. Yil davomida 27 431 nafar chaqaloqqa Muhammadali deb, 24 365 nafar qizaloqqa Soliha deb ism berilgan.
2023-yilda o‘g‘il bolalarga qo‘yilgan ismlarning top o‘ntaligi
№ | Ism | Qo‘yilgan soni |
---|---|---|
1 | Muhammadali | 27 431 |
2 | Mustafo | 22 880 |
3 | Abdulloh | 18 116 |
4 | Muhammad | 17 025 |
5 | Muhammadyusuf | 13 774 |
6 | Muhammadamin | 12 450 |
7 | Nurmuhammad | 9 017 |
8 | Muhammadjon | 8 843 |
9 | Imronbek | 8 591 |
10 | Muhammadziyo | 8 135 |